27 Avgust 2021 1526

Tongni xushxabar bilan qarshilaymiz: Asila Mirzayorova Tokio-2020 Paralimpiadasining kumush medalini qo‘lga kiritdi!

Bir oz avval yakuniga yetgan para-yengil atletika dasturining T11 klassida ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslari biz uchun omadli keldi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova delegatsiyamiz hisobiga ikkinchi medalni qo‘shtirib qo‘ydi.

Hamyurtimiz 4.91 metr natija ko‘rsatgan holda 2-o‘rinni egalladi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan barcha hamyurtlarimizni, sportchimiz va uning yaqinlarini, Milliy Paralimpiya qo‘mitasini tabriklaydi.

Text to speech