26 Avgust 2021 1333

Suv polochilarimiz jahon chempionatida ishtirok etishadi

28-avgustdan 5-sentyabrga qadar Chexiya poytaxti Praga shahrida suv polosi boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Ahamiyatlisi, mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Bugun ushbu dunyo birinchiligida qatnashuvchi jamoamiz Chexiyaga yoʻl oldi. Vakillarimiz musobaqada “A” guruhidan oʻrin olgan boʻlib, unda Italiya, Xorvatiya, Rossiya va Argentina jamoalari bilan bahs olib borishadi. Jahon chempionatidagi ilk oʻyinimiz 28-avgust kuni rossiyalik suv polochilarga qarshi oʻtadi.

Boʻlajak musobaqada jamoamizga omad tilab qolamiz.

Text to speech