26 Avgust 2021
1781
Toshkentda regbi boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtmoqda
Ayni kunlarda poytaxtimiz regbi boʻyicha xalqaro seminarga mezbonlik qilmoqda. Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston murabbiylari ishtirok etishmoqda.
Seminar 22-avgust kuni boshlangan boʻlib, mashgʻulotlarni Xalqaro regbi federatsiyasidan yuborilgan mutaxassislar Geyt Jalajel, Sami Smara va hamyurtimiz Danil Kulikov olib bormoqda. Ekspertlar darslar davomida jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikning zamonaviy yondashuvlari boʻyicha saboq berishmoqda.
Seminar ertaga oʻz yakuniga yetadi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan mutaxassislarga Xalqaro regbi federatsiyasining sertifikatlari topshiriladi.