26 Avgust 2021 1455

Ikki nafar para-suzuvchimiz final dasturida ishtirok etishdi

Hamyurtlarimizning Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki davom etadi. Bir oz avval 2 nafar para-suzuvchimiz final dasturida ishtirok etishdi.

Ayollar oʻrtasida 100 metrga chalqancha usulda suzish boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada vakilalarimiz sovrindorlar qatoridan joy egallay olishmadi. Shohsanamxon Toshpoʻlatova 1:08.37 soniya natija bilan beshinchi natijani qayd etgan boʻlsa, 1:09.85 soniya bilan Nigoraxon Mirzohidova (ikkalasi ham S13 toifasi) yettinchi boʻlib marraga yetib keldi.

Musobaqaning keyingi kun dasturlarida ishtirok etadigan sportchilarimizga omad tilab qolamiz. Eslatib oʻtamiz, kechagi bellashuvlarda Islomjon Aslanov 100 metrga batterflyay usulida suzish dasturida bronza medaliga sazovor boʻlgan edi.

Text to speech