26 Avgust 2021 1719

Ikki nafar para suzuvchimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Vakillarimizning Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki davom etadi. Bundan bir oz avval 4 nafar para-suzuvchimiz S13 klassda 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha saralash bahslarida ishtirok etdi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida Muzaffar Tursunxo‘jayev va Islam Aslanov, ayollar o‘rtasida esa Shohsanamxon Toshpo‘latova va Nigoraxon Mirzohidova startga chiqdi. Afsuski, yigitlarimizga omad yetishmadi va ular saralashda 5 va 6-o‘rinlarni egallab, final bosqichiga o‘ta olishmadi. Biroq ayollar o‘rtasidagi saralash bahslarida qatnashgan ikkala sportchimiz ham final bosqich yo‘llanmasini naqd qilishdi. Nigoraxon finishga 2-bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, Shohsanamxon 5-o‘rinni egalladi.

Ayollar o‘rtasida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:12 da bo‘lib o‘tadi.

Text to speech