Mergan yoshlarimiz ilk bor Jahon kubogida ishtirok etishadi
26-avgustdan 6-sentyabrga qadar Qozog‘istonning Olma-ota shahrida stenddan o‘q otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, unda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi.
Musobaqada qatnashadigan merganlarimiz bugun Qozog‘istonga yo‘l olishdi. Tarkibga 7 nafar sportchi va 2 murabbiy jalb qilingan. Jahon kubogining mazkur bosqichida 220 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Jamoamiz quyidagi yo‘nalishda ishtirok etadi:
Trap, qizlar:
Milina Rajabova
Trap, yigitlar:
Shohruh Sadirov
Nusratillo Qodirov
Azamat Qayumov
Skit:
Danil Jalnin
Behruz Sharapov
Ernest Settarov
Qayd etish joiz, ushbu sport turi tarixida ilk bor trap yo‘nalishining aralash jamoaviy dasturida ishtirok etamiz. Vakillarimiz orasida eng kichik sportchi 13 yoshli Azamat Qayumov bo‘ladi. Yana bir ahamiyatli tomoni, stenddan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yoshlar toifasida birinchi bor Jahon kubogida ishtirok etishadi.