25 Avgust 2021 1310

Tokio-2020: Ertaga 4 nafar para-suzuvchimiz ishtirok etadi

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining navbatdagi kunida ham suzuvchilarimizning ishtiroki kutib turibdi. 26-avgust sanasida 4 nafar vakilimizning startga chiqishi belgilab qoʻyilgan.

Bugun bronza medaliga sazovor boʻlgan Islom Aslanov endilikda chalqancha usulda suzish dasturida yana bir medal uchun kurash olib boradi. Shuningdek, S13 toifasidagi Muzaffar Tursunxoʻjayev, Shohsanamxon Toshpoʻlatova hamda Nigoraxon Mirzohidova kabi vakillarimiz ham ushbu kun dasturida startga chiqishadi.

Text to speech