25 Avgust 2021 1480

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiyamiz dastlabki medalni qoʻlga kiritdi

Bugun start olgan Paralimpiya oʻyinlarining dastlabki kunida terma jamoamiz vakili Islom Aslanov para-suzish bahslarida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Erkaklar oʻrtasida 100 metrga batterflyay usulida (S13 klass) suzish bahsida 2 nafar vakilimiz final dasturida qatnashdi. Uchinchi yoʻlakda harakat qilgan yurtdoshimiz Islom Aslanov 57.12 soniya natija qayd etdi va bronza medaliga sazovor boʻldi. Ushbu dasturda qatnashgan Muzaffar Tursunxoʻjayev esa 57.44 soniya bilan beshinchi pogʻonani band etdi. Xuddi shu yoʻnalishda ayollar toifasida ishtirok etgan Shohsanamxon Toshpoʻlatova esa toʻrtinchi natijani koʻrsatdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimiz va uning yaqinlarini, Milliy Paralimpiya qoʻmitasini qoʻlga kiritilgan dastlabki medal bilan samimiy qutlab qoladi. Qolgan ishtirokchilarimizga ham omad va zafarlar yor boʻlsin. Olgʻa, Yangi Oʻzbekiston!

Text to speech