25 Avgust 2021 1527

MOQ jonkuyar sport fidoyilarini davlat mukofotlari bilan qutlaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sanʼat, OAV sohalari qatori bir guruh sport fidoyilari ham davlat mukofotlari bilan taqdirlash haqida farmonga imzo chekdi. Unda yurtimizda sogʻlom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport targʻibotini rivojlantirish yoʻlida mehnat qilayotgan bir guruh hamyurtlarimizning ham ismlari keltirib oʻtilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:

Isoqov Toʻlagan Oʻlmasovich – Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining faxriylar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi,

Matxalikov Ismoiljon Ikromjonovich – Respublika olimpiya zaxiralari kollejining gandbol boʻyicha murabbiysi,

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan:

Ergashev Abdikamol Xasanovich – Chiroqchi tumanidagi 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi shaxmat murabbiysi, Qashqadaryo viloyati,

“Doʻstlik” ordeni bilan:

Karimov Shukrilla Xamidillayevich – Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi bosh kotibi,

Rastrigin Vyacheslav Vasilevich – Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi triatlon boʻyicha murabbiysi,

Savatyugin Oleg Mixaylovich – Sport oʻyinlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining badminton boʻyicha bosh murabbiysi,

Shtern Vladimir Aronovich – Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining faxriylar kengashi aʼzosi,

I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan:

Bobajonov Bogʻibek Sharipovich – Xonqa tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori, Xorazm viloyati,

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan:

Axmedov Anvarjon Xomidovich – Sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ot sporti boʻyicha bosh murabbiysi,

Kazakov Allayar Radjapovich – Qoraqalpoq davlat universitetining jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

Yafarov Shamil Gazisovich – Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining faxriylar kengashi aʼzosi,

“Sogʻlom turmush” medali bilan:

Baymuratova Jamila Abdijaliyevna – Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabining basketbol boʻyicha murabbiysi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

Baltabayev Rasul Tuxtabayevich – Ellikqalʼa tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabining sambo kurashi boʻyicha murabbiysi,

Gayupov Anarkul Satimbekovich – Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi togʻ changʻisi boʻyicha murabbiysi,

Mirzaxalov Ilxomjon Erkinovich – Chust tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi uslubchisi, Namangan viloyati,

Olennikova Faina Mixaylovna – “Bunyodkor” stadioni qoshidagi velosport toʻgaragi faxriy aʼzosi, Toshkent shahri,

Primova Sanam Jumiyozovna – Urganch olimpiya zaxiralari kollejining voleybol boʻyicha murabbiysi, Xorazm viloyati,

Saidxodjayev Sobirxodja Sultanxodjayevich – Fargʻona viloyati sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori,

Xakimov Karim – faxriy velosportchi, Fargʻona viloyati,

“Kelajak bunyodkori” medali bilan:

Qurbonov Bekzod Nabiyevich – Ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchisi,

Poʻlatov Laziz Azamat oʻgʻli – Respublika oʻsmirlar oliy sport mahorati maktabining taekvondo boʻyicha murabbiysi,

Semenova Irina Muradovna – Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi,

Tashkenbayeva Sabina Talat qizi – Gimnastika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika boʻyicha sportchisi,

“Shuhrat” medali bilan

Abdulloyev Manuchexr Murodulloyevich – Sportning eshkak eshish turlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar sport maktabi akademik eshkak eshish boʻyicha katta murabbiysi,

Ismailov Dilshod Raxmanaliyevich – Guliston olimpiya zaxiralari kollejining erkin kurash boʻyicha murabbiysi, Sirdaryo viloyati,

Isoqov Gʻayrat Suyundikovich – Jomboy tumanidagi “Chorvachi” fermer xoʻjaligi boshligʻi, chavandoz, Samarqand viloyati,

Tursunova Manzura Tursunovna – Jarqoʻrgʻon tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi kurash boʻyicha murabbiysi, Surxondaryo viloyati.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mamlakatimizda Olimpizm gʻoyalari va sogʻlom turmush tarzi targʻibotini tatbiq etishda jonbozlik koʻrsatayotgan ushbu hamyurtlarimizni davlatimizning yuksak mukofotlari bilan qutlab, ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi. Shu bilan birgalikda, sport sohasi vakillariga ham qaratayotgan shunday eʼtibori va gʻamhoʻrligi uchun yurtboshimizga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

Text to speech