25 Avgust 2021 1782

Uch nafar para-suzuvchimiz oltin medallar uchun bahs olib borishadi

Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlari start oldi. Maʼlum qilganimizdek, dastlabki kunda 5 nafar para-suzuvchimiz startga chiqdi.

Dastlab erkaklar oʻrtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bahsida Muzaffar Tursunxoʻjayev va Islam Aslanov, ayollar oʻrtasida xuddi shu yoʻnalishda Shohsanamxon Toshpoʻlatova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova (barchasi S13) saralash bahsida startga chiqishdi.

Quvonarlisi, Islam Aslanov oʻz guruhida 26.35 soniya vaqt bilan 1-oʻrinni egalladi. 26.72 soniya vaqt sarflagan yana bir hamyurtimiz Muzaffar Tursunxoʻjayev 3-oʻrinni band qildi. Shu tariqa ikkala vakilimiz ham final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Ayollar oʻrtasidagi bahslarda Shoxsanamxon Toshpoʻlatova ham saralashda 30.79 soniya vaqt bilan 1-oʻrinni egallagan holda final yoʻllanmasini naqd qildi. Afsuski, Nigoraxon Mirzoxidova hamda Muslima Odilova saralashdan oʻta olishmadi.

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:32 da boshlanadi.

Text to speech