24 Avgust 2021 714

Polo sportida yana bir klub tashkil etildi

Yurtimizda polo sporti tobora ommalashib bormoqda. Buni mazkur sport turi boʻyicha tashkil etilayotgan yangi klublar faoliyatidan anglab olish mumkin.

Poytaxtimizda oʻtgan tadbirlarning birida “Mega Sport” nomli polo klubi faoliyat boshlagani maʼlum qilindi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston polo federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev va bir qator mutasaddilar ishtirok etishdi. Shubhasiz, bu kabi klublarning tashkil etilishi mamlakatimizda ot sporti va yilqichilik yoʻnalishlarini keng ommalashtirish, yoshlarimizni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va sogʻlom turmush targʻibotini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech