23 Avgust 2021 1824

Boʻstonliqda velosportchilarimiz yigʻin oʻtkazishmoqda

Shu kunlarda velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Mashgʻulotlarni terma jamoamizda faoliyat boshlagan amerikalik murabbiy Gleb Groysman oʻtkazyapti.

8-avgust kuni boshlangan ushbu yigʻin 31-avgustga qadar davom etadi. Unda sportchilarimizning jismoniy tayyorgarligini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Yigʻinga 24 nafar sportchi jalb qilingan.

Text to speech