23 Avgust 2021 1461

Bokschilarimizning Osiyo chempionatidagi yurishi davom etmoqda

Maʼlum qilganimizdek, ayni kunlarda BAAda boks boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Reglamentga koʻra, bugun 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar bahs olib borishadi. Ushbu kun dasturida vakillarimizdan 4 nafari ringga koʻtariladi:

-48 kg: Muhammadqodir Mamirjonov – Anvar Haydar (Iroq)
-60 kg: Aydos Tagaybayev – Yermek Yerasil (Qozogʻiston)
-67 kg: Samandan Solijonov – Armun Rustamisarmaji (Eron)
-71 kg: Aʼloxon Abdullayev – Tuguldur Usuxbayar (Moʻgʻiliston)

Bugungi dasturlar Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. -48 kg vazn toifasidagi vakilimizning chiqishi dastur boʻyicha ikkinchi jangga toʻgʻri keladi. Keyin bellashuvlar yengil vazndan ogʻir toifaga qarab davom etadi. Janglarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Text to speech