22 Avgust 2021 5171

Saken Polatovni tabriklaymiz!

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Saken Djetibayevich Polatov 1975-yil tug‘ilgan. U 2002-yilda Toshkent Davlat meditsina institutini tugatgan. Ammo sportga bo‘lgan qiziqish tibbiyotdan ustun kelib, mazkur sohada faoliyat olib bormoqda. Bugunga kelib, yurtimizning yetuk sport menejerlaridan biriga aylandi. 2019-yildan MOQ vitse-prezidenti hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda. 2021-yil Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston boks bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlardan biriga aylanishida ushbu mutaxassisning ham xizmati katta. Yurtimizda boks taraqqiyoti, ommaviy sport targ‘iboti va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun davlatimiz rahbari tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Saken Djetibayevichni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va muvaffaqiyat tilab qoladi.

Text to speech