20 Avgust 2021 1896

Oʻzbekiston MOQ Xanchjou-2022 tashkiliy qoʻmitasidan rasmiy taklifnoma va musobaqa maskotlarini qabul qildi

2022-yil oʻzbek sportini kutib turgan yirik musobaqalardan biri, shubhasiz, Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkaziladigan XIX Osiyo oʻyinlaridir. Tashkiliy qoʻmita ushbu musobaqada ishtirok etish uchun MOQga rasmiy taklifnoma joʻnatdi.

Ayni paytda hukumatimizning qoʻllab-quvvatlashi bilan mazkur kompleks musobaqaga ulkan hajmdagi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Seleksiya va yosh iqtidor egalarini saralash, ularning munosib tayyorlanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

XIX Osiyo oʻyinlari 2022-yilning 10-25-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Unda qitʼamizning barcha delegatsiyalari 40 sport turida 482 medallar jamlanmasi uchun bahslarga kirishadi. Hozirda tashkiliy qoʻmita tomonidan qitʼamizdagi ishtirokchi mamlakatlarga rasmiy taklifnoma va musobaqa maskotlari yuborilmoqda.

Text to speech