20 Avgust 2021 3534

Oʻzbekiston Qahramoni Achilbay Ramatov 59 yoshda!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisi Achilbay Ramatov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Achilbay Jumaniyazovich Ramatov 1962-yil 20-avgust kuni tugʻilgan. Achilbay Jumaniyazovich mamlakatimizning har sohada rivoj topib borishida, xususan, oʻzbek boksining bugungi choʻqqiga chiqishiga ulkan hissa qoʻshgan sport fidoyilaridan. A.Ramatov 2012-yil Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisligiga kelgach tubdan katta oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Buning natijasida bokschilarimiz Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari, 2017-yil Toshkentda, 2019-yil Tailandda, 2021-yil BAAda oʻtgan Osiyo chempionati, 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlari va 2019-yil Rossiyada oʻtkazilgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Achilbay Ramatovning ulkan xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “Doʻstlik”, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari, shuningdek, mamlakatimizning oliy mukofoti “Oʻzbekiston Qahramoni” faxriy unvoniga ega.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Achilbay Jumaniyazovichni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va kuch-gʻayrat tilab qoladi.

Text to speech