19 Avgust 2021
1768
Sambochilarimiz FIAS prezidenti kubogida qatnashish uchun Rossiyaga yoʻl olishdi
21-23-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sambo boʻyicha nufuzli xalqaro turnir tashkil etiladi. Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) prezidenti kubogi uchun oʻtkaziladigan musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishadi.
Terma jamoamiz bugun Rossiyaga joʻnab ketdi. Jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-58 kg: Ilhom Parmonov
-64 kg: Homidjon Moʻminov
-71 kg: Sarbon Ernazarov
-79 kg: Ulugʻbek Rahmonov
-88 kg: Ihtiyor Eshmurodov
-98 kg: Nodirjon Mirholiqov.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu musobaqada sambochilarimizga omad tilab qoladi.