18 Avgust 2021 1487

Sanjar Tursunovni tabriklaymiz!

Bugun boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sanjar Tursunov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Sanjar Tursunov 1998-yil 18-avgust kuni Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Boks boʻyicha 2017-yil kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashib, jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Oʻsha yili Gamburgda oʻtgan dunyo birinchiligida bronza medali sohibi boʻldi. 2019-yilgi qitʼa birinchiligida esa kumush medal bilan taqdirlandi. Joriy yil BAAning Dubay shahrida oʻtgan Osiyo chempionati bronza medaliga sazovor boʻldi. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida -91 kg vazn toifasida ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Sanjar Tursunovni tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat salomatlik va ulkan gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech