17 Avgust 2021 1502

Diyorbek Oʻrozboyev va Nozima Qayumovani tabriklaymiz!

Bugun mahoratli dzyudochimiz Diyorbek Oʻrozboyev va para-atletikachimiz Nozima Qayumova oʻz tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Diyorbek Oʻrozboyev 1993-yil 17-avgust kuni tugʻilgan. Dzyudo boʻyicha Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari va 2017-yil Budapeshtda oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sohibi. 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida terma jamoamiz hisobiga oltin medal keltirgan. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi.

Nozima Qayumova 1992-yil 17-avgust kuni dunyoga kelgan. Para-yengil atletikaning F13 toifasida nayza uloqtirish boʻyicha yurtimiz sharafini himoya qiladi. 2016-yil qator Gran-pri va boshqa nufuzli musobaqalarda, shuningdek, Braziliyada oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2017-yil jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻlgan. 2019-yilgi dunyo birinchiligida qayd etgan uchinchi natija unga Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini ham taqdim qilgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Diyorbek Oʻrozboyev va Nozim Qayumovani tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech