15 Avgust 2021 1265

Tokio-2020: Bir qiziq fakt

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning ishtirokiga oid qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etish niyatidamiz. Bugungi faktimiz dzyudochimiz Davlat Bobonovning ishtiroki haqida.

Bobonovning ishtiroki revanshlarga boy bo‘ldi. U musobaqa davomida italiyanik Nikolas Mungay, ispaniyalik Nikolaz Sherazadishvili va turkiyalik Mixail Zgank kabi raqiblarni mag‘lub etdi. Qizig‘i, u bungacha Mungay bilan bir, Zgank bilan ikki, Sherazadishvili bilan uch bora to‘qnash kelgan va barchasida mag‘lub bo‘lgan edi. Bu bilan polvonimiz raqiblaridan revansh oldi. Lekin bo‘lajak chempion gruziyalik Lasha Bekauri ham yakunda Dyusseldorf-2020 “Katta dubulg‘a” turniri uchun Bobonovdan revansh olib ketdi.

Text to speech