13 Avgust 2021 1927

Lyudmila Markelovani tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek velosportida uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan murabbiy Lyudmila Markelova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Lyudmila Markelova 1952-yil 13-avgust kuni tugʻilgan. Velosport boʻyicha uzoq yillardan beri terma jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda. Lyudmila Vasilevna velotrek boʻyicha Osiyo oʻyinlari chempioni, koʻp karra JCH ishtirokchisi Vladimir Toʻychiyevning ham onasi, ham shaxsiy murabbiyi, shuningdek, terma jamoamiz vakillarining aksariyat aʼzolariga velosport sir-asrorlarini oʻrgatib kelgan mutaxassis hisoblanadi. Lyudmila Markelova mana shunday xizmatlari uchun davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Lyudmila Markelovani tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech