10 Avgust 2021 1853

Gulnoza Matniyazova hamda Nigina Sharipovani tabriklaymiz!

Bugun mamlakatimiz ayollar sportida oʻz oʻrniga ega vakilalarimiz Gulnoza Matniyazova hamda Nigina Sharipova oʻz tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Gulnoza Matniyazova 1994-yil 10-avgust kuni Xorazm viloyatida tugʻilgan. Dzyudo boʻyicha -70 kilogramm vazn toifasida terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, 2 karra Gran-pri turnirlari gʻolibi, Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi sovrindori hisoblanadi.

Nigina Sharipova 1995-yil 9-avgust kuni Buxoroda tugʻilgan. Yengil atletikaning qisqa masofalariga yugurish boʻyicha jahon arenalarida yurtimiz sharafini himoya qilib kelmoqda. 100 va 200 metrlarga yugurish boʻyicha Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2017-yil Islom birdamligi musobaqasida ikki marta shohsupaga koʻtarilgan. Koʻplab boshqa xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindori.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi har ikki sportchimizni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech