9 Avgust 2021 1726

Delegatsiyamiz Toshkentga qaytib kelmoqda

Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkazilgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vatanimizga qaytib kelmoqda.

Ayni paytda delegatsiyamiz Narita Xalqaro aeroportida boʻlib turibdi va bir ozdan soʻng davlatimiz tomonidan ajratilgan maxsus charter reysida Toshkent tomon yoʻl oladi. Samolyot mahalliy vaqt bilan 20:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keladi. Shundan soʻng qahramonlarimizni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtadi. Safaringiz xayrli boʻlsin, Yangi Oʻzbekiston qahramonlari!

Text to speech