8 Avgust 2021 2440

Bahodir Jalolov – Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari chempioni!

Bokschimiz Bahodir Jalolov Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining final bahsida gʻalaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir oltin medalni taqdim qildi.

Jalolov oltin medal uchun kechgan bellashuvda amerikalik Richard Torresga qarshi jang qildi. Oʻzining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibni ojiz qoldirgan Bahodir sovrinlari qatoriga eng ogʻir vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini ham qoʻshib qoʻydi.

Shu bilan delegatsiyamizning mazkur Olimpiya oʻyinlarida jamgʻargan medallari soni 3 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu muvaffaqiyat bilan Bahodir Jalolov va uning yaqinlarini, Oʻzbekiston boks federatsiyasi va millionlab hamyurtlarimizni qutlab qoladi.

Text to speech