7 Avgust 2021 1927

Aleksandr Savkin Tokio-2020dagi ishtirokini yakunladi

Zamonaviy beshkurashchimiz Aleksandr Savkin Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini tugatdi. Vakilimiz soʻnggi dasturda lazer-ran boʻyicha raqobat olib bordi.

Ushbu dasturda 11:55.96 natija qayd etgan Savkin 585 ochko jamgʻardi. Yakunda esa uning ochkolari 1303 ni tashkil qilmoqda. Bu natija vakilimizning 32-pogʻonadan joy olishini taʼminladi. Chempionlik britaniyalik Josef Chungga nasib etdi.

Zamonaviy beshkurash, erkaklar:
1. Josef Chung (Buyuk Britaniya) – 1482
2. Ahmed Elgendi (Misr) – 1477
3. Vungtai Jun (Janubiy Koreya) – 1470 …
32. Aleksandr Savkin (Oʻzbekiston) – 1303

Qayd etish joiz, bu sporti turida Oʻzbekiston terma jamoasi Olimpiya oʻyinlarida ilk bor ishtirok etdi. Bu galgi bahslar biz uchun ulkan tajriba boʻlmoqda.

Foto: Alimurod Mamadaminov

Text to speech