7 Avgust 2021 2438

Safina Sadullayeva oltinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi

Yosh yengil atletikachimiz Safina Sadullayeva balandlikka sakrash sektorida final dasturida ishtirok etdi. Hamyurtimiz dunyoning kuchli raqiblari bilan munosib bellashdi.

1.96 metr balandlikni ikkinchi urinishda zabt etgan Sadullayeva oltinchi natijani qayd etdi. Bu borada oltin medal rossiyalik Mariya Lasitskenega nasib etdi. Uning qayd etgan koʻrsatkichi 2.04 metrni tashkil etdi.

Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Mariya Lasitskene (Rossiya Olimpiya qoʻmitasi) – 2.04
2. Nikola Makdermot (Avstraliya) – 2.02
3. Yaroslava Maxuchix (Ukraina) – 2.00 …
6. Safina Sadullayeva (Oʻzbekiston) – 1.96

Text to speech