7 Avgust 2021 1648

Aleksandr Savkin ikkinchi dasturdan so‘ng 1 pog‘ona yuqoriladi

Bugun zamonaviy beshkurash bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarga ham start berildi. Unda hamyurtimiz Aleksandr Savkin ishtirok etmoqda.

Qilichbozlik bahslaridan so‘ng 142 ochko bilan 36-pog‘onada turgan Savkin, 200 metrga suzish bellashuvidan so‘ng 1 pog‘ona yuqorilashga erishdi. Ushbu dasturda masofani 2:06.64 daqiqada suzib o‘tgan Aleksandr yana 297 ochko ishlab oldi.

Yaqin daqiqa ichida sportchilar qilichbozlik bo‘yicha qo‘shimcha bonus ochkolari uchun kurashga kirishadilar.

Foto: Alimurod Mamadaminov

Text to speech