7 Avgust 2021 1842

Badiiy gimnastikachilarimiz saralash dasturidagi chiqishlarini yakunlashdi

Tokio-2020 Olimpiadasi doirasida badiiy gimnastika bo‘yicha guruh mashqlarining saralash dasturi yakunlandi. Unda jamoamiz to‘qqizinchi natijani qayd etdi.

Dastlabki chiqishda 42.100 ball jamg‘argan vakillarimiz 3 halqa va 2 bulavada o‘tgan ikkinchi mashqda bir oz omadsiz ishtirok etishdi va ularning chiqishi 36.900 ball bilan baholandi. Afsuski, bu final uchun ajratilgan 8 o‘ringa kirish uchun yetarli bo‘lmadi. Jamoamiz saralashni to‘qqizinchi pog‘onada (1-zaxira) yakunladi.

Foto: Anar Ilyasov

Text to speech