7 Avgust 2021
2433
Badiiy gimnastikachilarimiz guruh mashqlaridagi dastlabki chiqishini namoyish qilishdi
Badiiy gimnastika bo‘yicha guruh mashqlarida ishtirok etayotgan qizlarimiz ham Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi mashqini yakunlashdi.
Yekaterina Pirojkova qo‘l ostidagi tayyorlangan qizlarimiz dastlabki chiqishda 5 ta to‘p bilan tayyorlagan dasturlarini namoyish qilishdi. Hamyurtlarimizning chiqishi hakamlar tomonidan 42.100 ball bilan baholandi.
Kun davomida qizlarimiz yana bir dasturda o‘z chiqishlarini namoyish etadilar. Unda 3 halqa va 2 juft bulavada mashq bajarish bo‘yicha dastur kutib turibdi.