7 Avgust 2021
1744
Kanoechi qizlarimiz В finalida ishtirok etishadi
Hamyurtlarimiz uchun Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining bugungi kun dasturlari boshlandi. Xabar berganimizdek, birinchi boʻlib kanoechi qizlarimiz startga chiqishdi.
Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova juftligi 500 metr masofaga oʻtkazilgan 2-yarim final guruhida, afsuski marraga oxirgi boʻlib kelishdi. Bu bilan ular asosiy final guruhida ishtirok etish imkoniyatini qoʻldan boy berishdi. Endi vakillarimiz В finalida startga chiqadilar.