6 Avgust 2021 1797

Debyut yomon chiqmadi

Olimpiya o‘yinlarida biz uchun yangi yo‘nalish bo‘lgan zamonaviy beshkurash sportidagi dastlabki sportchimiz o‘z ishtirokini yakunladi. Bir oz avval ushbu sportda ayollar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.

Xabar berganimizdek, unda Alise Faxrutdinova terma jamoamiz sharafini himoya qildi. Sportchimiz musobaqani 30-pog‘onada yakunladi. Faxrutdinova ot sportida 226, ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Yugurish va o‘q otish bahslari birlashgan lazer-ran dasturida esa 13:55.66 daqiqa vaqt sarfladi. Umumiy hisobda esa vakilimiz to‘plagan ochkolar soni 1165 ni tashkil etmoqda.

Musobaqa g‘olibligi 1385 ochko bilan Olimpiada rekordini yangilagan britaniyalik Keyt Frenchga nasib etdi.

Zamonaviy beshkurash, ayollar

1. Keyt French (Buyuk Britaniya) – 1385
2. Laura Asadauskayte (Litva) – 1370
3. Sarolta Kovash (Vengriya) – 1368 …
30. Alise Faxrutdinova (O‘zbekiston) – 1165

Ertaga erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Aleksandr Savkin yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Text to speech