6 Avgust 2021 1722

Yekaterina Fetisova Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi

Badiiy gimnastikachimiz Yekaterina Fetisova Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi chiqishini tugatdi. Vakilamiz umumiy hisobda 75.500 ball jamg‘ardi.

Farg‘onalik sportchimiz halqada 19.800, to‘pda 19.400, bulavada 17.950, tasmada esa 18.350 ball to‘pladi. Shu tariqa Fetisova 26 ishtirokchi orasida 24-natijani qayd etdi.

Qayd etish joiz, Yekaterina Fetisova Olimpiya o‘yinlariga bir necha soat qolganida salomatligi bois unda ishtirok eta olmaydigan terma jamoamizning boshqa vakili Sabina Tashkenbayevaning o‘rnini egallagan edi.

Foto: Anvar Ilyasov

Text to speech