6 Avgust 2021
2429
Magomed Ibragimov alamli mag‘lubiyatga uchradi
Erkin kurash bo‘yicha Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori Magomed Ibragimov (-97 kg) Tokio-2020ning birinchi bellashuvida turkiyalik kurashchiga qarshi gilamga chiqdi.
Sulaymon Karadenizga qarshi kechgan kurashda Ibragimov hisobda oldinda borayotgan edi. Biroq Karadeniz hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi va so‘nggi ochkoni olgandagi ustunligi evaziga keyingi davraga yo‘l olmoqda. Endi turkiyalik kurashchi finalga borgan taqdirda Ibragimov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.