6 Avgust 2021 1815

Kanoechi qizlarimiz yarim finalda!

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ilk bor ishtirok etayotgan qizlarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova Tokio-2020 Olimpiadasining yarim finaliga yo‘l olishdi.

Juftlik dasturida 500 metr masofaga o‘tkazilayotgan musobaqada vakillarimiz chorak finalni muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Ikkinchi guruhda startga chiqqan qizlarimiz 2:04.450 daqiqa vaqt bilan ikkinchi bo‘lib marraga yetib kelishdi va yarim finalga yo‘l oldilar. Endi ular ertaga yarim final bosqichida final yo‘llanmasi uchun startga chiqishadi.

Text to speech