5 Avgust 2021
2150
Yekaterina Voronina Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi
Yengil atletikaning ko‘pkurash yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilgan Yekaterina Voronina Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi chiqishini tugatdi.
Hamyurtimiz so‘nggi 800 metrga yugurish bahslarida 2:09.73 daqiqa natija qayd etdi. Bu ko‘rsatkich hamyurtimizga 969 ochko taqdim qildi. Umumiy hisobda 6298 ochko jamg‘argan musobaqani 12-pog‘onada yakunladi.
Yengil atletika, ayollar ko‘pkurashi
1. Nafissatau Tiam (Belgiya) – 6791 ochko
2. Anouk Vetter (Niderlandiya) – 6689
3. Emma Ostervegel (Niderlandiya) – 6590 …
12. Yekaterina Voronina (O‘zbekiston) – 6298 …