5 Avgust 2021 1282

Javrail Shapiyev bronza medali uchun kurash olib bordi

-86 kg vazn toifasida kurashayotgan polvonimiz Javrail Shapiyev Tokio-2020 bronza medali uchun kurash olib bordi. Ushbu bosqichda unga rossiyalik Artur Nayfonov raqiblik qildi.

Qiziqarli va o‘ta murosasiz kechgan kurashda rossiyalik polvon g‘alaba qozonib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi.

Ertaga bahslarga kirishadigan hamyurtlarimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) va Magomed Ibragimovga (-97 kg) omad tilab qolamiz.

Text to speech