5 Avgust 2021 1770

Bekzod Abdurahmonov bronza medali o‘tish bosqichida ishtirok etadi

Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan vakilimiz Bekzod Abdurahmonov medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Hozirgina -74 kg vazn toifasining yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida hamyurtimizni mag‘lub etgan rossiyalik Zaurbek Sidakov va qozog‘istonlik Daniyar Kaysanov to‘qnash kelishdi. Ushbu bahsda Sidakovning qo‘li baland keldi va oltin medal uchun kurash olib boradigan bo‘ldi. Bu esa vakilimizga bronza medali uchun o‘tish bosqichida kurashish imkonini taqdim qildi.

Shu tariqa ertangi dasturda Abdurahmonov o‘tish bosqichida Gvineya-Bissau vakili Midana Augisto bilan kurashadi. Abdurahmonov uni mag‘lub eta olsa, bronza medali uchun Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi.

Shuningdek, ertaga bo‘lib o‘tadigan -97 kg vazn toifasining qurʼa natijalari maʼlum. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Magomed Ibragimov dastlabki davrani turkiyalik Sulaymon Karadenizga qarshi o‘tkazadi.

Text to speech