5 Avgust 2021 1563

Abdurahmonovda bronza medali uchun kurashish imkoni bor

Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) Tokio-2020 Olimpiadasining chorak final bellashuvini o‘tkazdi. Unda hamyurtimiz rossiyalik Zaurbek Sidakovga qarshi bahs olib bordi.

Ikki karra jahon chempioniga qarshi munosib kurashgan Abdurahmonov afsuski, ushbu bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Endi Sidakov yarim final bahsini muvaffaqiyatli o‘tkazgan taqdirda Abdurahmonov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.

Text to speech