5 Avgust 2021 1698

Gʻulomjon Abdullayev Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida qatnashayotgan erkin kurashchimiz G‘ulomjon Abdullayev bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etdi. -57 kg vazn toifasida kurashgan vakilimiz unda mag‘lubiyatga uchradi.

AQSh vakili Tomas Gilmanga qarshi kechgan bahsda raqib katta ustunlik bilan gʻalabaga erishdi. Endi Gilman kechki dasturda eronlik Rizo Atri bilan bronza medali uchun gilamga chiqadi. Gʻulomjon Abdullayevning ushbu Olimpiadadagi ishtiroki uchun tashakkur aytib qolamiz.

Text to speech