5 Avgust 2021
2009
Javrail Shapiyev Shveysariya vakilini mag‘lub etib, Olimpiada medali uchun kurashadigan bo‘ldi
Mahoratli erkin kurash ustasi Javrail Shapiyev kechki dasturda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
O‘tish bosqichida Shapiyev litsenzion jahon chempionatida bronza medali orqali Olimpiadaga yo‘llanma olgan shveysariyalik Stefan Reyxmut bilan kurashdi. Murosasiz kurashda vakilimizning qo‘li balandi keldi va kechki dasturda bronza medali uchun kurashadigan bo‘ldi. Unda hamyurtimizga rossiyalik Artur Naifonov raqiblik qiladi.