5 Avgust 2021
1811
Svetlana Radzivil saralash bosqichida ishtirokini yakunladi
Yengil atletikaning balandlikka sakrash sektorida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Svetlana Radzivil Tokio-2020 bilan xayrlashdi. Atletimiz saralash doirasida 1.93 metr natijadan o‘ta olmadi.
1.90 metr balandlikni 3 urinishda zabt etgan Svetlana o‘z guruhida o‘ninchi natija qayd etmoqda. Qayd etish joiz, ushbu dasturda qatnashayotgan boshqa bir vakilamiz Safina Sadullayeva final yo‘llanmasi uchun yaqin turibdi. U hozirgacha 1.93 metr natija qayd etgan. 1.95 metr ham zabt etilsa, katta ehtimol final dasturiga yo‘l oladi.
O‘z navbatida, to‘rtinchi bor Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Svetlana Radzivilning kelgusi faoliyatida omad tilab qolamiz.