5 Avgust 2021 2061

Yekaterina Voronina uzunlikka sakrash dasturida uchinchi natijani qayd etdi

Erta tongdan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan yengil atletika bahslariga start berildi. Bir oz avval ko‘pkurashchimiz Yekaterina Voronina uzunlikka sakrash sektoridagi chiqishini yakunladi.

O‘zining sevimli dasturlaridan biri bo‘lgan mazkur yo‘nalishda Voronina 6.11 metr natija qayd etib, o‘z guruhida uchinchi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Bu natija unga 883 ochko taqdim qilmoqda. Hozircha vakilamiz 4471 ochko bilan 19-pog‘onada ketmoqda.

Shuningdek, ayni paytda balandlikka sakrash yo‘nalishida Svetlana Radzivil hamda Safina Sadullayeva saralash bosqichida o‘z omadini sinab ko‘rishmoqda.

Text to speech