Diyora Keldiyorovani yarim finalga olib chiqqan bahsdan yorqin suratlar
Diyora Keldiyorova sportda imkoni yo’q degan jumla mavjud emasligini, har qanday raqibni mag’lub etish mumkinligini ko’rsatdi. Uning yaponiyalik Uta Abeni dog’da qoldirgan harakati yil ipponi nominatsiyasi uchun eng asosiy da’vogarga aylandi.
Futbol bo’yicha O’zbekiston olimpiya terma jamoasining Misrga qarshi o’yini suratlarda
"BYD Yangi Nafas" ommaviy yugurish tadbiridan yorqin suratlar
Futbol bo’yicha O’zbekiston va Mali olimpiya terma jamoalari o’rtasidagi o’rtoqlik uchrashuvidan fotogalereya
Samarali uchrashuvlarga boy oʻtgan Osiyo Olimpiya kengashining 43-Bosh Assambleyasidan yorqin fotogalereya
Yosh xokkeychilarimizning Osiyo-Okeaniya chempionatidagi muvaffaqiyati yurtimizda nafaqat jamoaviy, balki qishki sport turlari ham rivoj topib borayotganini yana bir karra koʻrsatdi. Titulni himoya qilish uchun maydonga tushgan yigitlarimiz irodali gʻalaba bilan kubokni oʻzimizda olib qolishdi. Taqdirlash marosimida Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etib, hamyurtlarimizni qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlari bilan qutlashdi.
Shohruh Davlatov va Yekaterina Tunguskova “BYD Song Pro” sohibiga aylanishdi. 45 mamlakatdan tashrif buyurgan havaskor va professional sportchilarni oʻzida jamlagan BYD Toshkent VI xalqaro marafoni oʻz gʻoliblarini aniqladi. 6000 nafarga yaqin ishtirokchini jamlagan ommaviy sport tadbiri koʻtarinki ruhda oʻtdi.
Bugun Muzaffarbek Toʻraboyevning faoliyatida muhim kunlardan biri boʻldi. Isteʼdodli sportchimiz ilk bor “Katta dubulgʻa” tasnifidagi musobaqada oltin medalga sazovor boʻlib, oʻzi uchun yana bir choʻqqini zabt etdi. Shubhasiz, yozda Fransiyada uni kelgusi marra ham kutib turibdi. 2 ta musobaqadan beri magʻlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Matvey Kanikovskiyni finalda 13 soniyada taslim qilgan Toʻraboyevga medal va esdalik sovrinlarni Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Ravshan Irmatov hamda MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov topshirishdi.
Davlat Bobonov bronza medali uchun bellashuvda muxlislarni koʻp kuttirmadi. Atigi 16 soniyada kubalik Ivan Moralesni magʻlubiyatga uchratib, terma jamoamiz uchun qimmatli medalni taqdim qildi. Hamyurtimizning kelgusi faoliyatida ham mana shunday yorqin gʻalabalar kutib qolamiz. Taqdirlash marosimida sportchimizga medalni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov topshirdi.
Shahram Ahadov va Obidxon No’monov biz uchun bugungi kun qahramonlariga aylanishdi. -73 kg vazn toifasida qatnashgan har ikki dzyudochimiz g’alabaga bo’lgan ishtiyoqlarini munosib tarzda namoyish etishdi. Afsuski, bronza medali uchun bahsda jarohat olgan Obidxon No’monov taqdirlash marosimida ishtirok eta olmadi. No’monovning tezroq sog’ayib, yanada kuchli bo’lib qaytishini tilab qolamiz. G’olib va sovrindorlarga medallarni Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov topshirdi.
Gulhayo Joʻrayeva bugungi ishtiroki bilan -52 kg vazn toifasida Keldiyorova va Qadamboyevaga munosib raqobatchi boʻlib yetishib chiqayotganini koʻrsatdi. Jahon reytingida 59-pog’onada kelayotgan Jo’rayeva yarim finalda 6-o’rinda turgan Olimpiya o’yinlari va jahon chempionati sovrindori, buyuk britaniyalik Chelsi Jaylsdan ustun keldi. Garchi u hal qiluvchi bahsda Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining finalchisi, dunyo birinchiligining ko’p karra sovrindori, jahon reytingida 3-o’rinda turgan fransiyalik Amandin Busharga imkoniyatni boy bergan boʻlsa ham muxlis va mutaxassislar oʻzlari uchun yangi iste’dodni kashf etishdi. Dzyudochimizni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov taqdirladi.