Yengil atletika bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan U18 Osiyo chempionatida ikkinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Ushbu kunda ham yosh atletlarimiz terma jamoasimiz hisobiga qimmatli medallarni qo‘shib qo‘yishdi. Jumladan, kunning birinchi yarmida o‘tgan disk uloqtirish bo‘yicha qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda Mahliyo Mahmudova (35.17 m)kumush, Shahzoda Shozodova (32.44 m) bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Emiliya Rudina (1.69 m) ham balandlikka sakrash sektorida bronza medali sohibiga aylandi.
Samarqandda o‘tayotgan eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi kun kunduzgi dastur taqdirlash marosimidan suratlar. Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz dastlabki final bahslarida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan edi.
Chempion futbolchilarimizga Prezident sovg'asi topshirildi
Osiyo chempionatida fantastik yakun! Toshkentda qilichbozlik bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi qit'a birinchiligi o'z poyoniga yetdi. 2-9-mart kunlari o'tkazilgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Dzyudo bo'yicha Toshkent "Katta dubulg'a" turnirining uchinchi kunidan fotogalereya
Dzyudo bo'yicha Toshkent "Katta dubulg'a" turnirining ikkinchi kunidan fotogalereya
Dzyudo bo'yicha Toshkent "Katta dubulg'a" turnirining birinchi kunidan fotogalereya
Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Devis kubogida AQSh bilan kechgan bellashuvlarda katta tajriba toʻpladi. Bugun juftlik bahsidagi gʻalaba mehmonlarga keyingi bosqich eshigini ochdi. Shundan soʻng amalda oʻyin taqdiriga taʼsir oʻtkazmasa ham 17 yoshli hamyurtimiz Amir Milushev jahon tasnif jadvalida 93-oʻrinni egallab turgan Denis Kudla bilan bahs olib bordi va ikki setda (6:7, 4:6) imkoniyatni boy berdi. MOQ obyektivida Oʻzbekiston – AQSH qarama qarshiligining ikkinchi kun bahslari.
Devis kubogi: Oʻzbekiston va AQSH terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvning birinchi kuni ortda qoldi. Afsuski, unda Sergey Fomin Makkenzi Makdonaldga, Humoyun Sultonov esa Tommi Paulga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Eʼtiboringizga uchrashuvlardan olingan yorqin suratlarni havola qilamiz:
“Milliy sport mukofoti-2022” taqdirlash marosimi boshlandi! Tadbirni Sport rivojlantirish vaziri Adham Ikramov ochib berdi. Nominatsiyalar oʻz egalariga topshirilmoqda:
Qoʻqonda oʻtkazilayotgan taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov, Qoʻqon shahar hokimi Maʼruf Usmonov ishtirok etishdi. Taekvondo ustalarining yorqin chiqishlari muxlislarda katta taassurot qoldirgan marosimdan suratlarni tomosha qiling:
Hamyurtimiz Ruslan Nurudinovning Bogota shahrida kechayotgan bellashuvlardagi ishtiroki va taqdirlash marosimidan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz: