22 yoshida 2 karra Olimpiada chempionligini qo’lga kiritgan Ulug’bek Rashitovning final jangi va taqdirlash marosimidan suratlar
O’tgan Olimpiada finalchisini ochko bermasdan mag’lub etgan Razambek Jamalov potensiali ancha yuqori ekanini yana bir karra ko’rsatdi. Bo’lajak bahslarda ham terma jamoamiz vakiliga yorqin g’alabalar tilab qolamiz.
Ilk soniyalarda olingan jarohat Rustam Assakalovni Olimpiada medalidan ayirdi. Mazkur bellashuvdan so’ng 40 yoshli kurashchimiz professional sportdagi faoliyatini yakunladi. Rustam Assakalov O’zbekiston terma jamoasi tarkibida jahon chempionatlarida 1 tadan oltin va kumush, Osiyo o’yinlarida 1 tadan oltin, kumush va bronza, qit’a birinchiliklarida esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo’lgan. Shuningdek, Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Rustam Assakalovga yorqin faoliyat uchun minnatdorchilik bildirib, unga kelgusida sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Aram Vardanyan bronza medali uchun bahsda bor imkoniyatini ishga soldi. Afsuski, atigi bir ball yurtdoshimizni Olimpiada medalidan ajratib qoldi. Sobiq jahon chempioniga qarshi kechgan bahs Anvar Ilyasov suratlarida
Bahodir Jalolov yarim final bahsini yaqqol ustunlik bilan o’tkazdi. Germaniyalik bokschi uchun mazkur jang chinakam tajriba vazifasini o’tab berdi. Bellashuvdan yorqin suratlar:
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax, Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungvon Choi, O’zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Ulug’bek Rashitov ishtirokidagi jangni birgalikda tomosha qilishdi. Bahs yakunida XOQ rahbari hamyurtimizga kelgusi bosqichlarda ham omad tiladi.
Ulug’bek Rashitov o’zbek sporti tarixida yana bir yangi sahifa ochish arafasida. Final yo’lida jiddiy raqib, ispaniyalik Xavyer Peres mag’lub etilgan bahs Anvar Ilyasov suratlarida.
Boks dasturida uchinchi final eshigini oshgan shiddatli jang suratlarda
Aram Vardanyan va Rustam Assakalovning gʻalabali kurashidan fotogalereya
Aktenge Keunimjayevaning Olimpiya o'yinlaridagi debyuti Anvar Ilyasov suratlarida
Vardanyan va Assakalovning chorak final bahslaridan galereya
Safina Sadullayeva bu Olimpiadada ham medallar uchun mardonavor kurash olib bordi. Ishonamizki, Safina kelgusi musobaqalarga yanada kuchli bo’lib qaytadi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: