Safina Sadullayevaning oltin medali bilan o’zbek yengil atletikasi ayollar o’rtasida balandlikka sakrash dasturida qit’amizda tengiz ekani qatorasiga to’rtinchi bor isbotlandi. Chempion Safina Sadullayeva hamda kumush medal sohibi Svetlana Radzivilning ishtiroki hamda taqdirlash marosimidan yorqin suratlar:
Umid Esanovning final bahsi va taqdirlash marosimidan fotogalereya
Final starti garchi omadsiz boshlangan bo’lsa ham qizlarimiz o’zlarida iroda topib, ajoyib kambek bilan oltin medallarni tortib olishdi. His-hayajonlarga boy bo’lgan finaldan yorqin kadrlar:
Bugun Oʻzbekiston delegatsiyasiga bronza medalini keltirgan Svetlana Osipova taqdirlash marosimida
Kun qahramonlari Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) va Feruza Sodiqova (-67 kg) shohsupada
Oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a'zolari Bangkok-1998 Osiyo oʻyinlaridan 25 yil oʻtib yana shohsupaga koʻtarilishdi. Bugun Javohir Sohibov hamda Muxtasar Tohirova uzoq kutilgan medalni qabul qilib olishdi.
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo oʻyinlaridagi ishtiroklarini yakunlashdi. Sportchilarimiz musobaqa davomida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, mazkur dasturda Xitoydan soʻng ikkinchi oʻrinni egallashdi. Bugun M4- va M4x dasturlarida shohsupaga koʻtarilgan yigitlarimizning chiqishi va taqdirlash marosimidan suratlarni tomosha qiling:
Anna Prakatenning oltin medali bugun ishtirok etadigan barcha hamyurtlarimizga yanada yuqori kayfiyat taqdim etadi. Sportchimizning ishtiroki va taqdirlash marosimidan yorqin suratlarni ulashamiz
Bugun taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi delegatsiyamiz hisobiga 2 ta bronza medalini taqdim qildi. Shulardan biri yakkalik bahslarida Madinabonu Mannopova hissasiga toʻgʻri kelsa, yana bir medal aralash jamoaviy dasturda qoʻlga kiritildi. Sportchilarimizni taqdirlash marosimidan suratlarni tomosha qiling:
Dzyudochilarimiz shu paytgacha oʻzlari qatnashgan barcha Osiyo oʻyinlarida jami 2 ta oltin medal qoʻlga kiritishgan edi. Xanchjou-2022 da esa dastlabki ikki kunning oʻzidayoq ushbu natija yangilab boʻlindi. Kun qahramonlaridan Murodjon Yoʻldoshev hamda Gulnoza Matniyazovani taqdirlash marosimidan yorqin suratlar
Akademik eshkak eshuvchilarimiz bugungi bahslarni 3 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunlashdi. Afsuski, so'nggi dasturda 8 kishilik ekipaj marra chizig'ini to'rtinchi bo'lib kesib o'tdi. Sportchilarimizning ishtiroki va taqdirlash marosimidan yorqin suratlarni tomosha qiling:
Kun qahramoni Diyora Keldiyorova shohsupada. Osiyo oʻyinlari chempioni oltin medalni Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarovdan qabul qilib oldi
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: