Jahon boksi afsonalari Mayk Tayson va Evander Xolifild mehmon boʻlgan, oʻzbek bokschilari uchun yangi tramplin vazifasini o’tab bergan WBC&Lift professional boks oqshomidan yorqin galereya. Yanada koʻproq suratlar uchun havola:
“Humo arena”da o’tadigan jang oldidan bokschilar vazn o’lchash va face-to-face marosimlarida ishtirok etishdi. Ertaga bizni shiddatli bahslar kutmoqda. Barcha kerakli vazn me’yorini bajardi. Bo’lajak janglarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!
Bugun yigitlar “qora qit’a”ning yetakchi jamoalaridan biriga munosib qarshilik ko’rsatishdi. Bu kabi o’rtoqlik uchrashuvlari yoshlarimizni kelgusida yanada toblaydi. Misrga qarshi bahsning e’tiborli lahzalariga nazar tashlaymiz:
Ispaniya yoshlariga qarshi mardonavor bahs olib borgan futbolchilarimizning o’yinidan yorqin suratlar
Yuksak mahorat koʻrsatgan badiiy gimnastikachilarimiz Osiyoda tengsiz ekanliklarini namoyish etishdi. Qizlarimizga bugun boʻlib oʻtadigan yakkalik bellashuvlarida ham mana shunday chiroyli gʻalabalar tilab qolamiz. Gimnastikachilarimizning jamoaviy bellashuvlardagi chiqishi va taqdirlash marosimidan yorqin suratlar:
Oltin medali bilan barchamizni sevintirgan Sevinch Rahimovaning final jangi va taqdirlash marosimidan suratlar
Bugun Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinov mos ravishda kumush hamda bronza medallariga egalik qilishdi. Atigi 1 kg Joʻrayevni oltin medaldan ajratib qoldi. Hamyurtlarimiz oldindagi musobaqalarda revansh olishiga ishonamiz.
Mazkur Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasining eng yosh chempioni boʻlib turgan Sharifa Davronovaga oltin medalni keltirgan sakrashi va taqdirlash marosimi eʼtiborimiz markazida
Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga 3 ta bronza medalini keltirgan kurashchilarimiz shohsupada
Osiyo oʻyinlari chempioni Jalgasbay Berdimuratovning final bahsi va taqdirlash marosimidan yorqin suratlar
Olga Zabelinskayaga oltin medal keltirgan poyga va taqdirlash marosimidan suratlar
Obyektivimiz nigohida kanoeda eshkak eshish boʻyicha oltin medal sohiblari Shohmurod Xolmurodov hamda Nurislom Toʻxtasin oʻgʻli
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: