Fabio Kannavaro: “Jahon chempionati biz uchun tajriba”
Portugaliya va Oʻzbekiston terma jamoalarining oʻyinidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida qatnashib, uchrashuv haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi:
“Albatta, jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson boʻlmasligi tabiiy. Qur’a natijalari chiqqanidan so‘ng Kolumbiya va Portugaliyani ko‘rib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini kutgandik.
Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoamdan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman. Chunki ularni ko‘rdim. Ha, qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi.
Albatta, barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynash doim qiyin. Shubhasiz, ular juda katta motivatsiya bilan maydonga tushishgan edi. Biroq aytganimdek, bu Jahon chempionati biz uchun tajriba”.