Fabio Kannavaro: “Futbolchilarim bilan gʻururlanaman”

Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan keyin Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda jamoamiz bosh murabbiysi quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:

“Uchrashuv qiziqarli oʻtdi. Ikkinchi boʻlimda biz oʻyinni oʻzgartirishga erishdik. Chap qanotdan imkoniyatlar yaratdik. Oʻyin nazoratini oʻz qoʻlimizga olishga harakat qildik.

Avvalambor, biz Oʻzbekistonni butun dunyoga ijobiy namoyish etish uchun bu yerga keldik. Men doim jamoamga oʻyin davomida faol harakat qilish kerakligini aytib kelaman. Kolumbiya singari jamoalarga qarshi oʻynash, toʻpsiz harakat qilish osonmas. Umuman olganda, ikkinchi boʻlimda yaxshi harakat qildik, biroq afsuski gol oʻtkazib yubordik.

Biz bu stadionda oʻtgan ushbu oʻyinni eslab qolamiz. Chunki bu tarixiy oʻyin. Biz Jahon chempionatidamiz. Bugungi oʻyin biz uchun yaxshi boʻldi, deb ayta olaman. Xatolar boʻldi, ular ustida ishlaymiz.

Futbolchilarim bilan gʻururlanaman. Ular yaxshi harakat qilishdi. Bugun qiyin oʻyin boʻldi. Bunday stadionda, muxlislar qarshisida oʻynash oson emas. Lekin bu sizga koʻproq motivatsiya berishi ham mumkin”.

Text to speech