Lazibek Mullajonov: Maqsadim 2 karra Olimpiada chempioni bo‘lish

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Lazizbek Mullojonovning Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi yorqin janglari koʻpchilikning yodida qoldi. -92 kg vazn toifasida tengsiz boʻlgan sportchimiz Oʻzbekistonning Olimpiya oʻyinlaridagi tarixiy natijasiga katta hissa qoʻshdi. Charm qoʻlqop ustasi bilan kichik intervyu oʻtkazdik.

– Olimpiada tugaganiga 3 oydan oʻtdi. Baʼzilar terma jamoa tarkibidagi mashgʻulotlarni allaqachon boshlab yubordi. Siz qachon yigʻinlarga qoʻshilasiz?
– Qisqa muddatli taʼtildan soʻng terma jamoa yigʻinlariga tez orada qaytaman. Hozirda jamoamiz Osiyo chempionatiga tayyorgarlik koʻryapti. Ushbu musobaqadan soʻng terma jamoa yigʻinlariga qoʻshilaman.

– Olimpiada chempionligidan keyin professional boksga toʻliq oʻtish fikri uygʻonmadimi? Oʻzi xalqaro promouterlik kompaniyalardan jiddiyroq taklif tushdimi?
– Parijdagi gʻalabamdan soʻng professional boksga butkul oʻtish fikri uygʻonmadi. Ikkisini birdek olib bormoqchiman. Maqsadim vatanim uchun ikkinchi martaba ham Olimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlish.

– Toshkentda oʻtgan jahon chempionati va Xanchjoudagi Osiyo oʻyinlarida ancha qiziqqon, emotsiyalarga koʻp beriluvchi Mullojonovni koʻrgandik. Biroq Parij Olimpiadasida buning aksiga guvoh boʻldik. Qisqa vaqt ichida nima sizni bunchalik oʻzgartira oldi?
– Jahon chempionatida 3-oʻrinni qoʻlga kiritganim va Osiyo oʻyinlarida chorak finalda yutqazganimdan keyin hissiyotlarni jilovlab oldim. Chunki, ular baʼzi paytda sportchiga qarshi ishlashi mumkin. Shuning uchun bor eʼtiborni Olimpiada litsenziyasiga va undagi janglarga qaratdim. Maqsadim oltin medal edi va unga erishdim.

Text to speech